Maxfiylik siyosati
Bu sahifa Zitou (zitou.app) qaysi maʼlumotlarni saqlashi, kim ularni koʻrishi va ularni qanday oʻchirish mumkinligini tushuntiradi.
Yangilangan:
Qisqacha
- Hisobsiz foydalansangiz, oʻrganish natijalaringiz faqat shu qurilmada — brauzer xotirasida saqlanadi.
- Hisob ochsangiz, natijalaringiz qurilmalaringiz oʻrtasida sinxronlash uchun serverda saqlanadi.
- Parol yoʻq. Face ID yoki barmoq izi qurilmangizdan chiqmaydi: serverga passkeyning faqat ochiq kaliti keladi.
- Hisobni istalgan payt oʻchirishingiz mumkin: Men → Hisob → Hisobni oʻchirish.
Hisob bilan saqlanadigan maʼlumotlar
- Ism (ixtiyoriy) — doʻstlar reytingida koʻrinadi.
- Taklif kodingiz va sizni kim taklif qilgani.
- Interfeys tili.
- Passkeyning ochiq kaliti yoki tiklash kodining xeshi (kodning oʻzi saqlanmaydi).
- Google bilan kirsangiz: Google hisobingiz identifikatori va email manzili (ismingiz faqat boshlangʻich ism sifatida olinadi).
- Telegram bilan kirsangiz: Telegram foydalanuvchi raqamingiz, ismingiz va username (bor boʻlsa).
- Telegram botida oʻrgansangiz: Telegram ismingiz va username (bor boʻlsa), bot tili, kimligingiz (oʻquvchi yoki oʻqituvchi), darajangiz, kunlik eslatma vaqti, botga birinchi va oxirgi marta yozgan vaqtingiz va nechta xabar yuborganingiz (xabarlar matni emas, faqat soni); natijalar shu Telegram bilan bogʻlangan Zitou hisobida saqlanadi. Botga lugʻat uchun yozgan soʻzlaringiz saqlanmaydi.
- Kirgan qurilmalar roʻyxati: qurilma va brauzer nomi, oxirgi faollik vaqti.
- Oʻrganish maʼlumotlari: soʻz kartalari holati, sozlamalar, roʻyxatlar va kunlik XP.
Kunlik eslatma
Eslatmani yoqsangiz (hisobsiz ham), serverda brauzeringizning push manzili, tanlangan soat, vaqt mintaqasi, til va oxirgi mashq sanasi saqlanadi — oʻsha kuni mashq qilgan boʻlsangiz, eslatma yuborilmaydi. Eslatma brauzeringizning push xizmati (Google, Apple, Mozilla yoki Microsoft) orqali, matnsiz yetkaziladi; matnni ilova qurilmangizda yozadi. Eslatmani oʻchirsangiz yoki hisobni oʻchirsangiz, bu yozuv oʻchiriladi.
Sinflar
Oʻqituvchi ochgan sinfga qoʻshilsangiz, oʻqituvchi ismingizni, oxirgi 7 kundagi XP, seriya, oʻrganilayotgan soʻzlar soni va oxirgi mashq kuningizni koʻradi — boshqa hech narsani emas. Sinf imtihonini topshirsangiz, sizga berilgan savollar, javoblaringiz, ballingiz, boshlagan va tugatgan vaqtingiz hamda imtihon paytida sahifadan necha marta chiqqaningiz saqlanadi va oʻqituvchiga koʻrinadi. Sinfdan istalgan payt chiqasiz (Men → Sinflar) — shunda imtihon javoblaringiz ham oʻchadi; oʻqituvchi sizni chiqarsa yoki sinfni oʻchirsa, aloqa ham oʻchadi. Sinf ochsangiz, uning nomi, kodi va imtihonlari (soʻzlar roʻyxati va sozlamalar) saqlanadi.
Ustozlar
Ustoz profilini yaratsangiz, u hamma uchun ochiq boʻladi: ism, shahar, oʻqitadigan darajalar, dars tili, narx, oʻzingiz haqingizdagi matn, darajangiz, tajribangiz va siz yozgan bogʻlanish yoʻllari (Telegram username, telefon, email). Profilingiz necha marta koʻrilgani va bogʻlanish tugmalari necha marta bosilgani kunlar boʻyicha sanaladi va faqat sizga koʻrsatiladi. Ustozga sharh yozsangiz, ismingiz (faqat birinchi soʻzi), bahoyingiz va matningiz uning profilida hammaga koʻrinadi; ustozning Zitou sinfida boʻlsangiz, sharh “Tasdiqlangan” deb belgilanadi. Roʻyxat boshidagi joy uchun toʻlovda Telegram toʻlov identifikatori, Stars miqdori va sana saqlanadi. Shikoyat yozsangiz, matni va hisobingiz identifikatori saqlanadi. Profilni istalgan payt yashirasiz yoki oʻzgartirasiz; hisobni oʻchirsangiz, profil ham oʻchadi.
Jonli oʻyinlar
Jonli oʻyinga hisobsiz kirasiz. Oʻyin paytida siz yozgan ism, tanlagan personajingiz, javoblaringiz va ballaringiz oʻyin xonasida saqlanadi: ularni oʻyinni boshqarayotgan kishi koʻradi, reyting va podiumda esa ism va ballarni boshqa oʻyinchilar ham koʻradi. Xona oʻyin tugaganidan 1 soat keyin, eng koʻpi bilan ochilganidan 4 soat keyin butunlay oʻchiriladi. Telefoningiz brauzer xotirasida oʻyinga qayta ulanish uchun tasodifiy raqamni, keyingi oʻyin uchun esa ismingiz va personajingizni saqlaydi. Oʻyin ochsangiz, uning savollari (soʻzlar roʻyxati) ham xona bilan birga oʻchiriladi.
Pro va toʻlovlar
Pro holatingiz (qachongacha amal qilishi, bepul hafta ishlatilganmi va taklif uchun berilgan kunlar) hisobingizda saqlanadi. Obuna Telegram Stars bilan Telegram ichida toʻlanadi: karta maʼlumotlari bizga kelmaydi. Biz Telegram yuboradigan toʻlov identifikatori, Telegram foydalanuvchi raqamingiz, Stars miqdori va sanani saqlaymiz — pulni qaytarish va hisob-kitob uchun. Hisobni oʻchirsangiz, bu yozuv hisobingizdan ajratilgan holda qoladi.
Talaffuzni tekshirish
Ilova mikrofonni faqat mikrofon tugmasini bossangiz ishlatadi. Ovozingizni brauzeringizning nutqni tanish xizmati matnga aylantiradi (Chrome’da Google, Safari’da Apple). Zitou ovozni yozib olmaydi va oʻz serveriga yubormaydi: faqat tanilgan matn qurilmangizda soʻz bilan solishtiriladi.
AI tushuntirish
Misol gap ostidagi «AI tushuntirsin» tugmasini bossangiz, gapning oʻzi va tanlangan til Google Gemini’ga yuboriladi — ismingiz yoki hisobingiz yuborilmaydi. Javob saqlanadi va shu gapni soʻragan boshqa foydalanuvchilarga ham koʻrsatiladi. Kunlik chegara uchun kuniga nechta soʻrov qilganingiz hisobga olinadi.
Xato haqida xabar
Tarjimadagi xato haqida yozsangiz, soʻz, yozganingiz, interfeys tili va (hisob bilan boʻlsangiz) hisob identifikatori saqlanadi — xatoni tuzatish uchun.
Kim koʻradi
- Doʻstlar reytingi: sizni taklif qilgan odam, siz taklif qilganlar va sizni taklif qilgan odam taklif qilgan boshqalar ismingiz va haftalik XP ingizni koʻradi.
- Siz qoʻshilgan sinf oʻqituvchisi «Sinflar» boʻlimida aytilganlarni koʻradi. Boshqa foydalanuvchilar natijalaringizni koʻrmaydi.
- Zitou egasi xizmatni yuritish uchun hisoblar roʻyxatini koʻradi: ism, kirish usuli (Google email manzili yoki Telegram username), til, hisob ochilgan sana, mashq qilingan kunlar soni va Pro muddati; shuningdek bot foydalanuvchilari roʻyxatini — «Telegram botida oʻrgansangiz» bandida aytilgan maʼlumotlar bilan. Bu maʼlumotlar boshqalarga berilmaydi va sotilmaydi.
Xizmat koʻrsatuvchilar
Maʼlumotlar faqat quyidagi xizmatlar orqali ishlanadi:
- Cloudflare — sayt, server va maʼlumotlar bazasi. Saytni yetkazish va himoya qilish uchun IP manzil ishlatiladi (masalan, urinishlar sonini cheklash). Texnik jurnallar (soʻrov manzili, vaqti, xatolar) bir necha kun saqlanadi; Cloudflare Web Analytics cookiesiz tashriflar statistikasini yuritadi. Serverlar Oʻzbekistondan tashqarida boʻlishi mumkin.
- GoatCounter — cookiesiz tashriflar statistikasi: sahifa, qayerdan kelingani, brauzer, ekran oʻlchami va mamlakat. IP manzil saqlanmaydi. Ilovadagi baʼzi qadamlar ham sanaladi (masalan, birinchi mashq yoki sinov testi tugagani) — hech kimga bogʻlanmagan holda.
- jsDelivr — chiziq tartibi fayllarini yetkazadi.
- Google — faqat Google bilan kirishni tanlasangiz: kirishni Google tasdiqlaydi.
- Telegram — Pro toʻlovlari (Telegram Stars), Telegram bilan kirish va Telegram orqali ulashish — oʻzingiz tanlasangiz.
- Google Gemini — faqat AI tushuntirishni bossangiz: misol gap matni.
- Brauzeringizning nutq xizmati (Google yoki Apple) — faqat mikrofon tugmasini bossangiz.
Saqlash muddati va oʻchirish
Hisob maʼlumotlari hisob oʻchirilguncha saqlanadi. Men → Hisob → Hisobni oʻchirish hisobingiz va serverdagi barcha maʼlumotlaringizni darhol oʻchiradi; ular xizmat koʻrsatuvchining zaxira nusxalarida 30 kungacha qolishi mumkin. Qurilmadagi natijalar brauzer maʼlumotlarini tozalamaguningizcha qoladi. Passkeyni qurilmangizning parollar sozlamalarida oʻchirasiz.
Oʻzgarishlar
Siyosat oʻzgarsa, shu sahifada yangi sanasi bilan eʼlon qilinadi.
Aloqa
Savollar boʻlsa: Telegram @toudotgg yoki polatovmaqsudjon1@gmail.com.